Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatchilariga talab qo‘yish bilan birga, ular faoliyatining kafolatlari ham kuchaytiriladi
16:49 / 2022-08-04

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida davlat xizmatchilariga talab qo‘yish bilan birga, ular faoliyatining kafolatlari ham kuchaytirilishi ta’kidlandi.

Iqtisodiyotda xususiy sektor o‘sib borayotgani sari, malakali kadrlarga talab oshib bormoqda. Bu raqobatli bozorda davlat xizmati ham jozibador bo‘lishi kerak.

–Bitta mutaxassisni tayyorlash uchun qancha-qancha vaqt, mehnat va mablag‘ talab etiladi. Qolaversa, davlat xizmatchisi ham cheklangan resurs ekanini unutmaslik kerak, – dedi Prezident.

Shu bois xodimning tajribasi, malakasi va erishgan natijasiga qarab rag‘batlantirish tizimi joriy qilinishi ko‘rib chiqiladi.

O‘zA