Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatchilaridan bir guruhi xorijda tajriba oshirmoqda
17:12 / 2023-01-30

Davlat xizmatchilaridan bir guruhi tajriba almashish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ga tashrif buyurdi. Safarning ilk kunidayoq aniq kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov boshchiligidagi delegatsiya Inson resurslari federal idorasi (FAHR) rahbariyati va mas’ullari bilan muloqot qildi. Uchrashuv avvalida ikki tashkilot faoliyati yuzasidan taqdimotlar qilindi.  

Davlat xizmati samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va 2023 yilda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi muhokama qilindi.  

Xususan, davlat xizmatida kadr tarkibini tahlil qilish, monitoring va prognozlash, "Human Resources Maturity Index", davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholash metodikalari, davlat xizmatchilarining kompetensiyalarini belgilash va "Government Competency Framework" bo‘yicha BAA tajribasini o‘rganish, amaliyotga tatbiq qilish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.  

Xizmat safari davomida BAA Bosh vaziri ofisi mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Muhammad bin Rashid nomidagi hukumat maktabida kadrlar tayyorlash tizimi va davlat sektorida innovatsiyalarni joriy etish tajribasi ham o‘rganiladi.  

Bundan tashqari, BAA Ta’lim vazirligi hamda Yo‘llar va transport tashkilotida muzokaralar olib boriladi. Davlat xizmatchilari va soha mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish masalalari ham muhokama qilinishi rejalashtirilgan.   

O‘zA