English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatchilari uchun tibbiy ko‘rik
07:59 / 2023-02-10

Jizzax viloyati hokimligida faoliyat yuritayotgan rahbar va xizmatchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida davlat xizmatchilari birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Jizzax viloyati hokimligi jamoasi ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga salomatligi to‘g‘risidagi xulosalar, shuningdek, chuqurlashtirilgan ko‘rik uchun yo‘llanmalar berildi.

Davlat xizmatida ishlayotgan va ko‘p hollarda o‘z salomatligi uchun vaqt topa olmayotgan xizmatchilar ushbu imkoniyatdan mamnun bo‘lib, unumli foydalanmoqda.

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.

Bu kabi tibbiy ko‘riklar viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklarida ham reja asosida joriy yilning 20 fevraliga qadar tashkil etiladi.

A.QAYUMOV,

J.YORBEKOV (surat), O‘zA