Kuni kecha Qashqadaryo viloyatida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” futbol va mini-futbol musobaqalarining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Qarshi shahridagi “Nasaf” markaziy o‘yingohida yuqori saviyada tashkil etildi.
Marosimda viloyat hokimi Murotjon Azimov, sport jamoatchiligi va faxriylar ishtirok etdi. Ular musobaqalarning odilona va yuqori darajada o‘tishiga alohida e’tibor qaratdi.
Futbol bo‘yicha g‘olib sifatida Kasbi tumani “Qoratepa” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida mini-futbol musobaqasining g‘olibi Qarshi tumani Xonyon mahalla jamoasi bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida mini-futbolda Koson tumani Mo‘g‘jagul mahalla jamoasi muvaffaqiyat qozondi. Shuningdek, musobaqaning adolatli o‘tishini ta’minlagan hakamlar ham alohida taqdirlandi.
[gallery-24319]
Mazkur sport tadbirlari mamlakat rahbarining “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda. Qashqadaryoda mahalladan boshlab yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 14 ta sport turidan tashkil topgan musobaqalar tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi kunda viloyatda 828 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 3,5 milliondan ziyod aholi istiqomat qiladi. Yoshlar orasida futbol va mini-futbol juda keng tarqalgan sport turlari hisoblanadi. Masalan, 16-30 yoshdagi bolalar orasida futbol sport turi bo‘yicha 36 ming 699 nafar yosh ro‘yxatga olingan bo‘lib, musobaqalarda ishtirok etganlar 92 foizni tashkil etmoqda. Mini-futbol sport turida ham yoshlar ishtirokining yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan.
Musobaqalar yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni yanada oshirish, ularni sog‘lom va faol hayot tarziga jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan ham Qashqadaryoda sportni rivojlantirish va yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish ishlari yangi bosqichga olib chiqilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FKJYHh5b0Ro" title="“Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari