Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xaridlarida sun’iy intellekt joriy etiladi
13:15 / 2025-09-16

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori davlat xaridlarida korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish maqsadida ushbu sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ko‘zda tutilayotganini ma’lum qildi. Bu borada Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan muayyan ishlar amalga oshirilayotganini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, ma’muriy jarimalar ham mansabdor shaxslarni noqonuniy mablag‘ o‘zlashtirishdan, davlat pullarini o‘marishdan to‘xtata olmayotgani, shu bois, bu borada ham ma’muriy, ham jinoiy javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilayotganini ma’lum qildi.   

M.Komilova, O‘zA