Davlat xaridlarida narxning eng yuqori chegarasi: huquqiy mexanizmi va amaliy ahamiyati
Abrorbek Abdug‘ani o‘g‘li MAMASOLIYEV mustaqil tadqiqotchi Namangan muhandislik-texnologiya instituti Namangan, O‘zbekiston e-mail: Abrorbekmamasoliev1990@gmail.com ORCID: 0009-0008-7772-3561
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid predmeti narxining eng yuqori chegarasini belgilash tartibi, uning huquqiy asoslari hamda amaliy mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, bozor narxlarini aniqlash algoritmlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va jamoatchilik nazoratining o‘rni tahlil qilingan.
Tayanch so‘zlar: davlat xaridlari, o‘rtacha bozor narxi, narx chegarasi, shaffoflik, manfaatlar to‘qnashuvi, raqamli modul, jamoatchilik nazorati.