English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xaridida raqobat va xolislik prinsipi buzilib, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan
13:35 / 2023-06-08

Toshkent davlat transport universiteti buyurtmachiligida 1219,3 million so‘mlik davlat xaridi amalga oshirilgan.

Unda ishtirok etgan ikki nafar tadbirkorning barcha hujjatlari xarid komissiyasi tomonidan foydalanilgan kompyuterning IP-manzili orqali elektron platformaga yuklanganligi aniqlandi.

Oqiqbatda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan raqobat va xolislik prinsipi buzilgan. Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan.

Bundan tashqari, qonundagi davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar talablari buzilgan va boshqa qonunbuzilish holatlariga ham yo‘l qo‘yilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holatlar bo‘yicha buyurtmachiga xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritgan.

To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.

Bundan tashqari, holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun Transport vazirligiga so‘rovnoma kiritildi.

Agentlik axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha,  taqdimnomaga binoan universitet tomonidan o‘tkazilgan xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

 N.ABDURAIMOVA, O‘zA