Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat ulushi bo‘lmagan korxonalarga eksportda muddati o‘tgan qarzdorlik uchun jarima hisoblash va undirishga bir yillik moratoriy e’lon qilinadi
13:46 / 2025-08-20

Ayrim mintaqalardagi notinchliklar oqibatida tashqi bozorlardagi tebranishlar, logistikadagi uzilishlar eksport tushumlarining kechikishiga olib kelmoqda.

Bunday sharoitda o‘zi shundoq ham puli tushmayotgan tadbirkorlar muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun jarima to‘layapti.  

Bu masalani juda ko‘p to‘qimachilik korxonalari va meva-sabzavot eksportchilari ko‘tarib, yengillik so‘radi.  

Davlatimiz rahbari muammoning yechimini aytdi – endilikda davlat ulushi bo‘lmagan korxonalarga eksportda muddati o‘tgan qarzdorlik uchun jarima hisoblash va undirishga bir yillik moratoriy e’lon qilinadi.  

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.  

O‘zA