O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, davlat tilini yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
a) mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanishga erishish;
b) ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
v) davlat tilining sofligini saqlash va uning lug‘at boyligini muntazam oshirib borish;
g) davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, bu borada sun’iy intellekt imkoniyatlaridan unumli foydalanish;
d) davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
j) mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar vakillari hamda xorijdagi vatandoshlarimizning davlat tilini o‘rganishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
O‘zA