Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat tilimizning mavqeini mustahkamlash muhim masala
11:01 / 2023-10-19

O‘zbek tili davlat tili sifatida rivojlanib, sayqallanib kelmoqda. Ona tilimiz asrlar davomida ilm-ma’rifat olami vakillari asarlarida qo‘llanilib, boyitilib kelayotgan tillardandir. Uning sofligini saqlash, adabiy til qoidalariga amal qilinishini ta’minlash eng muhim masalalardandir.

Ayni kunlarda yurtimizda 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami keng nishonlanmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, davra suhbatlarida o‘zbek tilining keng imkoniyatlari e’tirof etilib, uning o‘rnini mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda. OʼzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Tilga e’tibor – elga e’tibor” mavzusidagi ma’rifiy tadbir ham ayni til masalasiga qaratildi.  

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod va boshqalar o‘zbek tilining jozibasi, davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini mustahkamlash borasida fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdi. O‘tgan davr mobaynida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylangani, ko‘plab asarlar yaratilgani, xalqaro minbarlarda baralla yangrayotgani e’tirof etildi.  

Shuningdek, davra suhbatida davlat tilini xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun darsliklar va elektron dasturlarni ishlab chiqish, o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida o‘zbek tilining qo‘llanishida adabiy til qoidalariga amal qilinishini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilishi lozimligi qayd etildi.  

M.Komilova, O‘zA