O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq:
a) 2026 yil 1 iyunga qadar ko‘p jildli "O‘zbekiston milliy qomusi"ni elektron shaklda tayyorlash va e’lon qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
b) 2026 yil 1 dekabrga qadar "Ona tili. Qomus" kitobi nashrga tayyorlanib, chop etiladi.
2026 yil 1 mayga qadar o‘zbek tilini sun’iy intellekt yordamida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan platforma ishlab chiqish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
2025 yil 1 dekabrga qadar:
yangi qabul qilinayotgan atamalar bo‘yicha jamoatchilik muhokamasida bildirilgan taklif, fikr va tavsiyalarni qayd etib boruvchi;
tasdiqlangan yangi so‘z va atamalarni o‘zida aks ettiradigan elektron reyestrni yurituvchi;
o‘zbek tilida chop etilgan sohaviy, izohli va imlo lug‘atlarini o‘zida jamlash va foydalanish uchun mo‘ljallangan elektron platformani yaratish bo‘yicha ilmiy loyihaga tanlov e’lon qilinadi.
O‘zA