Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat tili – xalq iftixori
15:52 / 2025-10-21

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab 21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan turli xil tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Urug‘chilikni rivojlantirish markazida ham o‘zbek tilining nufuzini mustahkamlashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari doktori Inomjon Azimov  so‘zga chiqib, o‘zbek tilining boy merosi, ifoda imkoniyatlari hamda davlat tilida ish yuritish madaniyati haqida so‘z yuritdi. Zamonaviy axborot makonida o‘zbek tilining mavqeini oshirish, uni internet tili darajasiga olib chiqish zarurati borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar o‘zbek tilining xalqimiz ma’naviyatidagi o‘rni, uni e’zozlash va asrab-avaylash borasidagi g‘oyalar haqida fikr almashdi. Yakunda ona tilimizni yanada rivojlantirish, ish yuritishda adabiy me’yorlarga qat’iy rioya etish, yosh avlodda tilga hurmat tuyg‘usini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarda faxr va g‘urur tuyg‘usini kuchaytirdi.

Gulnoza Boboyeva,O‘zA