Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ko‘mak berdi
12:34 / 2023-10-17

Tibbiyotdagi islohotlar

Xalqimizda sog‘liqni sog‘ligingda asra, degan gap bor. Ammo bunga har kim ham doim amal qilavermaydi. Inson birdan betob bo‘lib qolmaydi. Yillar davomidagi tartibsiz hayot kechirish, e’tiborsizlik oqibatida kasallik rivojlanib boraveradi. Shifokor ko‘rigidan vaqtida o‘tib turishni odat qilmagan insonlar vaqti kelib birdan to‘shakka mixlanib qoladi.  

Sirdaryo tumanining Oxunboboyev mahallasida istiqomat qilayotgan, ko‘p yillar qishloq xo‘jaligi sohasida ishlagan  Musurmon Ashuraliyev salomatligiga e’tiborsiz bo‘ldi.  

– Yaratganga shukr, rizq-nasibam uzilmagan ekan. Shifokorlar yordami bilan hayotga qaytdim. Bolalarim, yaqinlarim yonimda, bundan ortiq baxt bormi inson uchun, – deydi u. –Ammo, dard kelsa, qo‘sha-qo‘sha keladi degan gap bor. Endi tayanch tizimi  bilan bog‘liq muammo qiynay boshladi. Yana malakali mutaxassislarga murojaat qildim. Zarur tekshiruvlardan o‘tgach, tayanch harakat tizimi bilan bog‘liq murakkab va yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi zarurligini aytishdi.  

Ushbu turdagi  amaliyot kattagina xarajat talab etganligi bois, o‘z vaqtida o‘tkazilmay qolib ketdi. Davlatimiz rahbarining sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan e’tibori, aholini tibbiyotga emas, tibbiyotni aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida olib borayotgan islohotlar sabab Musurmon Ashuraliyev  ushbu darddan butunlay  qutiladigan bo‘ldi. Quvonarli tomoni, bu amaliyot Guliston tibbiyot klasteri  neyrotravmatologiya bo‘limida ortoped-travmatolog Sevara To‘ychiyeva, u boshchiligidagi ortoped-travmatologlar Muhiddin Eshboyev, Oxunjon Hasanov hamda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya ortopedik ilmiy-amaliy tibbiyot  markazi ortoped-travmatologi Sardor Qahramonov tomonidan  o‘tkazildi. Amaliyot uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplandi. Ayni vaqtda bemor salomatligi ancha yaxshi. U shifokorlar nazorati ostida davo muolajalarini olmoqda.  

Sh.Suyarov,  

O‘zA muxbiri.