English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat tibbiy sug‘urtasi: 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar va rejalar (+video)
20:27 / 2026-01-06

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 sentyabrdagi qarori ijrosi doirasida 2025 yil davomida mamlakatda davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Unga muvofiq, davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi 2024 yil 1 oktyabrdan to‘liq Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida, 2025 yil 1 yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida, so‘ngra Navoiy, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida joriy etildi.

Bu tadbirlar 2026 yilda ham bosqichma-bosqich davom etadi. Ya’ni Surxondaryo, Jizzax va vodiy viloyatlarida ham joriy qilinishi ko‘zda tutilgan. Shu va sohadagi o‘zgarishlar xususida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bosh mutaxassisi Ruxillo Mahmudov bilan suhbatlashdik.

-  Aytingchi o‘tgan davr mobaynida davlat tibbiy sug‘urta tizimida nimalar o‘zgardi, aholi uchun qanday qulayliklar yaratildi?  

- 2025 yilda davlat va nodavlat tibbiyot muassasalarini yangi moliyalashtirish mexanizmlariga o‘tkazish maqsadida 768 ta tibbiyot muassasasi bilan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Ular qatorida tuman va shahar tibbiyot birlashmalari, hududiy shifoxonalar, oilaviy poliklinikalar hamda boshqa maxsus tibbiyot muassasalari ham bor.

Ushbu shartnomalar asosida tibbiyot muassasalariga 20.1 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Moliyalashtirish aholi jon boshiga va har bir davolangan holat uchun to‘lov tamoyili asosida amalga oshirildi. Bu esa mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minladi.  

- 2025 yilda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyatida qanday yangiliklar joriy qilindi?  

- 100 ming nafardan ortiq bemorda bajarilgan yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari uchun 1 trln 212 mlrd so‘m mablag‘ qoplab berildi, 4 ming nafardan ziyod bemor nodavlat tibbiyot muassasalarida davlat byudjeti hisobidan davolandi, qariyb 20 ming nafar bemor hududlarda davolanib, fuqarolarning ortiqcha xarajatlari oldi olindi.

“Medrefer” axborot tizimi joriy etilib, to‘lov jarayonlari raqamlashtirildi va shaffoflik ta’minlandi. Bu natijalar aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamladi.

Bugun tibbiy sug‘urta — faqat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash emas, balki kafolatlangan, adolatli va ochiq tibbiy xizmat deganidir.

- 2026 yilda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyatida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda? 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pgCLSy9tCwQ" title="Davlat tibbiy sug‘urtasi: 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar va rejalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA