Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat test markazining 9 oylik faoliyati ko‘rib chiqildi
10:59 / 2022-10-13

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir kun tartibiga ko‘ra, jamoatchilik kengashi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida masala ko‘rilib, tarkibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan 2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlari bo‘yicha Davlat test markazi Test sinovlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i F.Mirzayev hamda axborot xizmati rahbari O.Boboyev hisoboti tinglandi.

Markaz faoliyati to‘g‘risida tezkor va batafsil axborot olishning yangi, zamonaviy shakllarini joriy etish, markaz sayti bilan unga tegishli ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini integratsiya qilish, xabar va e’lonlarning jozibadorligini oshirish, SMM (ijtimoiy tarmoqlar marketingi) vositasi orqali kuchaytirish hamda axborot xizmatining 2022 yil 9 oylik faoliyatiga asosiy e’tibor qaratilib, muhokama etildi. 

Kengash a’zolari ushbu masalalarga oid yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tgan holda, muammoli holatlarning oldini olish, yuzaga kelganlarini bartaraf etish samaradorligini oshirish, jamoatchilik kengashi a’zolarini Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va takliflarini taqdim etdi. 

Ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha kengash a’zolari tomonidan berilgan takliflar va fikr-mulohazalar e’tiborga olinib, tavsiyaviy xarakterdagi muhim qarorlar qabul qilindi. 

 

O‘zA