Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun 300 ta maqsadli kvota ajratildi
14:33 / 2022-05-01

Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay’atining navbatdagi yig‘ilishida 2022 yilda davlat tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun ajratilgan maqsadli kvotalar tasdiqlandi.

Vazirlik matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qabul kvotalarni ajratishda  sun’iy intellekt, biotexnologiya, tuproqshunoslik, muqobil va ekologik toza energiya, chorvachilikni rivojlantirish sohasida genetika, qishloq xo‘jaligi, inson huquqlari, matematika, fizika, geologiya, kimyo, biologiya  kabi yo‘nalishlar ustuvor etib belgilandi.

Maqsadli kvotalarni taqsimlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zA