Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “O‘zbek polvoni” respublika musobaqasi o‘tkaziladi
11:39 / 2020-12-21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga kura, joriy yildan boshlab har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha “O‘zbek polvoni” respublika musobaqasini o‘tkazish belgilandi.

Mazkur musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlarining jismoniy rivojlanishini takomillashtirish, ommaviy sportga, milliy sportimiz kurashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kurashni umumxalq sporti sifatida keng targ‘ib etishdan iborat.


Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maksadida joriy yilning 26-27 dekabr kunlari O‘zbekiston kurash federatsiyasi va kator tashkilotlar hamkorligida Toshkent moliya instituti sport majmuasida davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida kurash sport turi bo‘yicha ilk bor “O‘zbek polvoni” musobaqasi o‘tkaziladi. 


Musobaqada respublika davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlaridan tashkil topgan erkaklar va ayollar jamoalari bahs olib boradi. Xususan, erkaklar jamoalari 4 ta – 66 kg, 81 kg, 90 kg, +90 kg vazn toifasida va ayollar 3 ta – 57 kg, 63 kg, + 63 kg vazn toifalarida bellashadi. 


Har bir jamoa 7 nafar sportchi va ikkita murabbiydan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan Olim Hayitov boshchiligidagi hakamlar hay’ati bevosita musobaqada saralash, yarim final va final bosqichlarini boshqarib boradi.
G‘olib jamoalar “O‘zbek polvoni” ramzi tushirilgan kubok, qimmatbaho sovg‘alar hamda jamoaning har bir ishtirokchisi diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band etgan jamoalarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi. 
 

 

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA