Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat ta’lim muassasalarida o‘quv-uslubiy filmlar yordamida dars o‘tish tizimi joriy etiladi
16:57 / 2024-01-16

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublika davlat ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarga o‘quv-uslubiy filmlar yordamida dars o‘tish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, respublika davlat ta’lim muassasalarida dars o‘tish uchun foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorda Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligiga 2024 yil 1 aprelga qadar o‘quv-uslubiy filmlar portali va mobil ilovasini yaratish vazifasi ham yuklatilgan.

Endi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq har yili 50 tagacha o‘quv-uslubiy film ishlab chiqariladi.

Kinematografiya agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan respublika davlat ta’lim muassasalarida dars o‘tishda foydalaniladigan o‘quv-uslubiy filmlarni yuqori saviyada tayyorlash, shuningdek, o‘quv-uslubiy filmlarni tayyorlashda kinoijodkorlar va ta’lim sohasi mutaxassislarining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zA