Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga yangi nomzod maʼqullandi
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga nomzod muhokamasi oʻtkazildi.
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida parlament quyi palatasida tarkib topgan yangi amaliyotga muvofiq, deputatlar Hukumat aʼzoligiga tayinlanayotgan nomzodni koʻrib chiqdilar.
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga nomzod muhokamasi oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Qudbiyevning nomzodi koʻrsatilgan.
Majlisda Sherzod Qudbiyev parlament aʼzolari tomondan koʻtarilgan savollarga atroflicha javob qaytardi. Nomzod mazkur lavozimga kirishganidan soʻng soliq sohasidagi islohotlarning samaradorligini taʼminlash maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida qisqacha axborot berdi.
Savol-javob, muhokamalardan soʻng Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sherzod Qudbiyevni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga maʼqullash haqidagi qarori qabul qilindi.