English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
10:03 / 2025-08-29

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

nomzodlarni tavsiya etish, ularni test sinovlari va suhbatdan o‘tkazish, nomzodlarni Akademiya magistraturasi tinglovchilari safiga qabul qilish tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

xorijiy davlatlar fuqarolarini magistratura va qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish tartibi, Akademiyada ta’lim olayotgan xorijiy fuqarolarning huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistratura va qayta tayyorlash kurslariga xorijiy davlatlar fuqarolarini qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga qabul kilish tartibini belgilaydi. 

Akademiya magistraturasiga qabul qonuniylik, xolislik, shaffoflik, kollegiallik va teng huquqlilik tamoyillari asosida tashkil etiladi. 

Akademiya magistraturasida yuqori malakali boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida, magistr darajasi berilgan va belgilangan davlat namunasidagi diplom topshirilgan holda amalga oshiriladi. 

Ma’lumot o‘rnida:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 maydagi PF-78-son Farmoniga muvofiq har tomonlama, ochiq va xolis tanlovning mezon va mexanizmlarini qamrab olgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishning alohida tartibini belgilash nazarda tutilgan.

O‘zA