Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan ko‘chmas mulk ob’ektlari soni ortmoqda
18:29 / 2022-12-23

Ma’lumki, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish – yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini, jumladan, bitimlar asosida vujudga kelishi, uzatilishi, cheklanishi, bekor qilinishini tan olish va tasdiqlashning huquqiy hujjatdir.

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga joriy yil davomida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan jami 117 ming 172 ta arizalar kelib tushgan. Shundan 82 ming 300 ta ariza ijobiy yakunlanib, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 27 ming 880 ta ariza asoslantirilgan holda rad qilingan, 5 ming 936 ta ariza ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati uchun to‘lov hisoblanib, to‘lovga chiqarilgan.  

Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun joylardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki my.gov.uz portali orqali murojaat etiladi. Ro‘yxatga oluvchi (Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari), ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda, hujjatlarni olgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.  

Agar taqdim etilgan hujjatlarda kichik texnik kamchiliklar bo‘lsa va ularni bartaraf etish imkoniyati mavjud bo‘lsa yoki qo‘shimcha hujjatlar talab qilinsa, ro‘yxatga oluvchi 1 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazishni 3 ish kunigacha to‘xtatib turishga qaror qiladi va qarorni Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.  

A.Musayev, O‘zA.