English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat ramzlari doimo e’tibor va e’zozimizda
10:08 / 2021-12-08

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan «Konstitutsiya – baxtimiz qomusii!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Erta tongdan universitet «Talaba FM» radiosida Bosh qomusimizga bag‘ishlangan dastur eshittirishlari olib borildi. Universitet bosh maydoni atrofida talaba-yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida viktorina so‘rovlari uyushtirildi. Viktorina savol-javoblarida faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


Bayram dasturining asosiy qismi Toshkent shahar Yoshlar markazida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, faol talaba-yoshlar, Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi ofitserlari va kursantlari ishtirok etdi.


Tadbirda jamiyat ravnaqi, yurt taraqqiyotida davlat ramzlarining ahamiyati haqida so‘z bordi. Shundan so‘ng «Yil talabasi – 2021» Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi g‘oliblari va «Erkin Vohidov nomidagi maxsus stipendiya» sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi, g‘olib talabalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida universitet iqtidorli talabalari tayyorlagan videorolik namoyish etildi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy ansambli xonandalari hamda universitet talaba-yoshlari ijrosidagi Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbirga bayram shukuhini ulashdi.


Fayzullo Yahyoyev, O‘zA