Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat ramzini ardoqlagan yoshlar (+video)
16:09 / 2025-11-19

Yurtning qudrati va millatning birligi avvalo uning muqaddas timsollarida namoyon bo‘ladi. Bayroq esa shu timsollarning eng ulug‘idir, u nafaqat ranglar kombinatsiyasi, balki har bir yurtdoshning qalbidagi iftixor, sadoqat va Vatanga mehrning jonli aksidir. Shu bois yurt ramzlarini hurmat qilish, ularni ardoqlash va yosh avlod ongiga singdirish har birimiz uchun muqaddas tarbiya maktabi hisoblanadi.

18 noyabr –O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat qo‘riqlash boshqarmasi hamda viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligida “Ranglarda aks etgan Vatan bayrog‘i” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.  

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida   viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida o‘tkazilgan mazkur tanlovda harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlari hamda o‘quvchi- yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar  bugungi kunda mamlakatimizning jahon maydonida nufuzi tobora oshib borayotganligi, ayniqsa, madaniyat, sport, fan va ta’lim sohalarida katta yutuqlarga erishilib, O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i jahon uzra baland ko‘tarilayotganligini  alohida ta’kidlashdi.

—Bugun yoshlarimizning bayroqqa bo‘lgan yuksak mehrini, Vatanga sadoqatini ranglar orqali ifoda etganini ko‘rib, qalbimda yana bir bor faxr uyg‘ondi. Har bir rasmda yurtga bo‘lgan muhabbat, orzu, umid va birlik ruhi barqib turibdi,—deydi harbiy xizmatchi  Ra’no Ibragimova.

  Tanlov shartiga ko‘ra, ishtirokchilar o‘zlarining tasavvuridagi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini rasmlarda ifoda etish uchun ishga kirishishdi. Yosh ijodkorlar tomonidan  rasmlar bir-birini takrorlamas va o‘zgacha yondashuv asosida chizilayotganligi bilan qiziq. E’lon qilingan musiqali tanaffusda viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilari tomonidan musiqali va sportchi yoshlarning chiqishlari tadbirning yanada fayzli o‘tishini ta’minladi.    

Davlat bayrog‘i aks etgan ijod namunalarini baholash hakamlar hay’ati uchun biroz qiyin kechdi. Shunday bo‘lsada, natija e’lon qilindi. Tanlovda faol ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan yosh musavvirlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YakBtDLr4VM" title="Davlat ramzini ardoqlagan yoshlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>  

N.Rahmonova, U To‘xtayev (tasvirchi), O‘zA