English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Davlat qo‘mitalari” degan tushuncha qonunchilikdan chiqariladi
13:53 / 2023-09-30

«Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga asosan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarni o‘z ichiga oladigan yaxlit tizimi joriy etildi.

O‘z navbatida, ma’muriy islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining «davlat qo‘mitasi» shakli bekor qilindi. Amalda faoliyat yuritayotgan davlat qo‘mitalari negizida vazirliklar tashkil etildi yoki qo‘mita, agentlik yoxud inspeksiya shaklida qayta tashkil etilib, tegishli vazirliklarning tashkiliy bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Senatning qirq beshinchi majlisida ko‘rib chiqilgan “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga «O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalari» degan tushunchani qonunchilikdan chiqarib tashlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Ushbu o‘zgarishlar Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarining birinchi bosqichi amalga oshirilishini ta’minlashga, shuningdek, professional boshqaruv prinsiplariga asoslangan va natijaga yo‘naltirilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

N.Abduraimova, O‘zA