Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Davlat qarzi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi
11:42 / 2021-11-13

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi farmoniga asosan Moliya vazirligi tomonidan “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Joriy yilning 12 noyabr kuni ushbu qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi, deb ma’lum qildi Moliya vazirligi axborot xizmati.

 10 ta bob va 58 ta moddadan iborat qonun loyihasini tayyorlashda Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki va AQSH G‘aznachiligining 13 nafar ekspertlari ishtirok etdi hamda loyiha yuzasidan 9 ta vazirlik va idoraning ekspertiza xulosalari olindi.

Qonun loyihasida davlat qarzini boshqarishga doir asosiy qoidalar va  davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan eng yuqori miqdori belgilanmoqda.  

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi palatalari, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va Moliya vazirligining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari hamda davlat qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqligini ta’minlash, jumladan, OAVda yoritib borish va rasmiy veb-saytlarda chop etish bo‘yicha qoidalar alohida ko‘rsatib o‘tilmoqda.  

Qonun loyihasida davlat kafolatini berish tizimi takomillashtirish qoidalari va davlat qarzi bo‘yicha xatarlarni boshqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan harakatlar majmui aks ettirilmoqda.  

 Qonun loyihasi davlat qarzini boshqarish jarayoni fragmentatsiyalashuvining oldi olish, davlat qarzini barqaror darajada saqlash, xorijiy kreditor va investorlarning mamlakatning qarzlarni to‘lay olish salohiyatiga bo‘lgan ishonchining ortishi hamda davlat tomonidan qarzlarning qulay shartlarda va barqaror narxlarda jalb qilinishi uchun zarur muhit shakllantirishga qaratilgan.

Nasiba  Ziyodullayeva, O‘zA