Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat organlariga murojaatlar qanday yuboriladi?
14:51 / 2021-09-27

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

 Xalq bilan muloqot tizimi yo‘lga qo‘yilgani, fuqarolar murojaatlariga e’tibor kuchaytirilgani natijasida bu sohada ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Odamlarning idorama-idora yurmasdan elektron murojaat qilish imkoni yaratildi.  

 bugungi kunda istalgan davlat tashkiloti va boshqa idoralarga ularning veb-sayti yoki telegram-boti orqali murojaat yuborish mumkin.  

 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirilgani bir manzil orqali istalgan idora yoki tashkilotga murojaat yuborishga sharoit yaratdi. Muhimi, ushbu portal orqali yuborilayotgan murojaatlar monitoringi ham yuritiladi.  

 Bundan tashqari, idora va tashkilotlarda “ishonch telefon”lari ham mavjudki, ular orqali ham har qanday muammo haqida murojaat qilish mumkin.    

 Shunga qaramay fuqarolar orasida “Qayerga murojaat qilishim kerak?”, “Murojaat yoki so‘rovni qanday qilib to‘g‘ri yozish kerak?”, “Men javobdan rozi bo‘lmasam, nima qilishim kerak?” kabi savollar uchrab turadi.  

 Adliya vazirligi tomonidan shunday holatlarni hisobga olib, davlat organlariga murojaatlarni yuborish tartibiga oid uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.

 Qo‘llanmada murojaatlarni qanday qilib to‘g‘ri yozish va uni davlat organiga taqdim etish, ularni ko‘rib chiqish jarayoni, javob ustidan shikoyat kabilar haqida to‘liq ma’lumot berilgan.  

 Qo‘llanmadan murojaatlarni tuzish uchun namunalar, ba’zi davlat organlari ro‘yxati, ularning aloqa ma’lumotlari va vakolatlari, ko‘p beriladigan savollarga javoblar va mutaxassislar tomonidan berilgan foydali tavsiyalar ham o‘rin olgan.  

 Qo‘llanma 4 tilda – o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida tayyorlangan.

 

             N.Abduraimova, O‘zA