O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ- huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda:
masofadan monitoring qilish asoslari;
masofadan monitoring qilish tartibi va muddatlari;
masofadan monitoring qilish natijalarini rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish;
masofadan monitoring qilish yakuni bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan ta’sir choralarini qo‘llash tartibi belgilab berilgan.
Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son Farmoni bilan barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan hisob palatasi, Markaziy bank, sud va prokuratura organlari hamda ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari tomonidan ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati tasdidlangan edi.
O‘zA