English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi (+video)
21:21 / 2023-06-07

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan, joriy yil uchun 39 ta vazirlik va idoralarning faoliyati korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazilgan.

Baholash natijalariga ko‘ra 1701 ta funksiya korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholashdan o‘tkazilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi 177 ta funksiyada “yuqori”, 475 ta funksiyada “o‘rta”, 1049 ta funksiyada “past” ko‘rsatkichda baholangan.

Xususan, Adliya vazirligida 208 ta funksiyalardan 24 ta (11.5 %);

Qishloq xo‘jalik vazirligida 107 ta funksiyalardan 51 ta (47.6 %);

Oila va xotin qizlar qo‘mitasida 60 ta funksiyalardan 12 ta (20%);

Kadastr agentligida 116 ta funksiyalardan 12 ta (10.3%);

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida 88 ta funksiyalardan 10 tasi (11.3%)gina baholashdan o‘tkazilgan. 

Transport vazirligida platformaga kiritilgan 72 ta funksiyadan 66 ta;

Statistika agentligida 55 ta funksiyalardan 51 ta;

Texnik jihatdan tartibga solish agentligida 118 ta funksiyalardan 115 ta;

“O‘zbekiston temir yo‘llariʼ” AJ da 42 ta funksiyalardan 40 tasi past baholangan.

Mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshiriladigan funksiyalarning yagona ro‘yxati shakllantirilmasdan elektron platformaga ma’lumotlarni kiritishda turlicha yondashilgan.

Ya’ni, unga ko‘ra;  Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan 155 ta;

Xorazm viloyati hokimligi tomonidan 198 ta;

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan 35 ta;

Toshkent shahar hokimligi tomonidan  13 ta funksiya baholashdan o‘tkazilgan.

Shuningdek, aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasini inobatga olgan holda har bir tashkilot uchun  korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur loyihalari ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari, Agentlik tomonidan yaqinda joriy etilgan yana bir qulaylik shuki, endilikda keng jamoatchilik “E-Anticor.uz” platformasi orqali davlat organlarining baholashdan o‘tkazilgan funksiyalari va ularning korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyillik darajasi yuzasidan o‘z fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yozib qoldirish imkoniga ega. 

Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tashkilot faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlari takomillashtiriladi. Inson omilini qisqartirish, tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HwH52uTliEc" title="DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARI FAOLIYATIDAGI KORRUPSIYAVIY XAVF-XATARLAR BAHOLANDI" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M. Eshmirzayeva, A. Sodiqov, O‘zA