French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida umumiy muloqot maydonini yaratishga qaratilgan seminar-trening
17:16 / 2023-04-11

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan AQSH Kongressi huzuridagi Xalqaro Respublika Instituti (IRI) bilan hamkorlikda “Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni mustahkamlashda Ombudsman va fuqarolik jamiyati institutlarining roli” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining 2021 yil 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va 2021 yil 4 martdagi “2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi.

Ushbu hujjatlarda mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini hamda dolzarb masalalarni hal etishda hamkorligini kuchaytirish, respublikada barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda nodavlat notijorat tashkilotlarining tashabbuskorligi va faolligini oshirish maqsad qilib qo‘yilgan.

[gallery-11387]

Mazkur seminar-treningni tashkil etishdan asosiy maqsad – davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida umumiy muloqot maydonini yaratishdan iborat. Shuningdek, jamiyatdagi mavjud muammolar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘z faoliyati davomida duch kelayotgan masalalarni vakolatli organlar vakillari bilan bevosita muhokama qilish mazkur muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsadlaridan biridir.

Qayd etish lozimki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya a’zolari tarkibiga fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda huquq faollari ham kiritilgan. Ombudsmanning yillik rejalari, hisobotlari va boshqa masalalar Komissiya yig‘ilishlarida doimiy muhokama qilib boriladi.

Shuningdek, Ombudsman nafaqat mahkum va mahbuslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, balki qamoqda saqlash joylariga muntazam kirib turish orqali qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi. Ushbu jarayonlarda Ombudsman huzuridagi Jamoatchilik guruhi a’zolari, ya’ni fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va OAV xodimlari ham ishtirok etadi.

Tadbirda so‘z olganlar jahondagi demokratik davlatlar tajribasida fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish hamda jamoatchilik nazoratini olib borishdagi o‘rnini oshirishga alohida e’tibor berilishini qayd etdi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA