Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash dasturi bo‘yicha rejalar belgilab olindi
16:33 / 2024-07-22

Poytaxtimizda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Saidfarrux Islomov va BAA Hukumat ishlari vazirligining Hukumat samaradorligi va davlat boshqaruvini yaxshilash dasturi direktori Ibrohim Salman Al Hammadi ishtirokida mamlakatimizda davlat organlarining samaradorligini baholash loyihasining birinchi mavsumi sarhisob qilindi. Dasturning ikkinchi mavsumini amalga oshirish yuzasidan rejalar belgilab olindi.

Dasturning ikkinchi siklida 1 ta institutsional hamda 7 ta individual nominatsiya bo‘yicha vazirlik va vazirliklar xodimlari baholanishi belgilangan.  

Dastlabki bosqichda soha mutaxassislari va ekspertlardan iborat ishchi guruhni shakllantirish, tanlov kategoriyalarini aniqlash, asessorlarni tayyorlash bo‘yicha BAA tomonidan uslubiy ko‘mak ko‘rsatilishiga kelishildi.  

Shuningdek, dastur g‘oliblari uchun BAAda stajirovkalar tashkil qilish, O‘zbekistonda davlat organlarining samaradorligini baholash loyihasining onlayn platformasini to‘liq ishga tushirish bo‘yicha hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi.  

Uchrashuv doirasida mahalliy ekspertlar uchun seminar tashkil etildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA