Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat mulkini ijaraga berish muddati uzaytiriladi
15:52 / 2017-05-31

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Davlat mulkini ijaraga berish tizimining soddalashtirilgani bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir loyihani aniq hisob-kitob asosida amalga oshirish, moddiy resurslar va mulkdan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Davlat mulkini ijaraga berish tizimining soddalashtirilgani bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir loyihani aniq hisob-kitob asosida amalga oshirish, moddiy resurslar va mulkdan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirkorlikni yangi boshlayotgan subyektda bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish jihozlari va bino xarid qilish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasligi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijara munosabatlarini tartibga solish bilan birga, foydalanilmasdan turgan, qarovsiz qolgan binolardan oqilona foydalanish, qo‘shimcha ish o‘rinlari ochish niyatidagi ishbilarmonlarga yangi imkoniyatlar yaratayotir.

– Buning uchun subyekt davlat mulki joylashgan manzildagi Ijara markaziga buyurtmanoma taqdim etishi, obyektlar va ularning manzilini tavsiflashi, balans saqlovchini ko‘rsatishi lozim, – deydi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining boshqarma boshlig‘i Odilbek Mamatov. – Bu talabnomani tegishli komissiya ma’qullasa, ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Shartnomada ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va balans saqlovchining majburiyatlari qayd etiladi. Davlat mulkida bo‘lgan korxonalar, binolar, inshootlar yoki ularning qismlari, uskunalar, transport vositalari va ijaraga berilishi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa mol-mulklarni ijaraga olish mumkin.

Davlat mulki ilgari tuzilgan shu xil shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan yoxud to‘liq yoki cheklangan tarzda muomalaga layoqatsizligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan shaxslarga berilmaydi. Ilgari davlat mulkini ijaraga berishning eng ko‘p muddati 5-yil bo‘lgan, endilikda mazkur muddatni 10-yilgacha uzaytirish borasida takliflar ishlab chiqilmoqda. U yangi shartnoma tuzish yo‘li bilan yana uzaytirilishi mumkin.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari kelishgan holda noturarjoy davlat mulkidan foydalanganlik uchun har yili ijara haqining miqdorini belgilaydi. Ijara uchun narxlarni belgilashda 80 dan ortiq o‘lcham bo‘lib, ularning har biri bo‘yicha alohida, eng kam minimal narxlar qo‘yiladi.

Joriy yilda Toshkent shahrida sanoat maqsadlarida foydalanganlik uchun aksariyat tarmoqlarga ijara to‘lovining minimal stavkasi bir kvadrat metrga yiliga o‘rtacha 3,8 ming so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda. Kimyo, mashinasozlik, mashina va uskunalarni ta’mirlash, yengil sanoat va boshqa sohalar shular jumlasidandir. Ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish muassasalari uchun esa har kvadrat metrga 15 ming 450 so‘m, bank faoliyatini amalga oshirish uchun 23 ming 100 so‘m, xususiy tashkilotlarning ofisiga 26 ming 200 so‘m minimal stavkalar belgilangan.

Viloyatlarda bog‘dorchilik, baliqchilik va o‘rmon xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan davlat mulkining har gektari uchun minimal stavka 2 million 507 ming so‘m belgilangan. Shuningdek, qishloq vrachlik punktlari huzurida faoliyat ko‘rsatadigan dorixonalar uchun ijara to‘lovining nol minimal stavkasi amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini 20 foizga chegirma bilan hisoblash belgilangan.

Joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, Ijara markazlari davlat mulki hisoblanadigan, turli sabablarga ko‘ra foydalanilmayotgan qariyb 14 mingdan ziyod noturarjoy bino va inshootlarni ro‘yxatga oldi. Hozir ularning qariyb 13,8 mingtasi ijaraga berildi. Ayni paytda foydalanilmasdan bo‘sh turgan, ijaraga taklif etilayotgan davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasining tegishli veb-saytlarida hamda kundalik nashrlarda yoritib borilmoqda.