Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish jarayonlari muhokama qilindi
16:24 / 2025-12-25

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq, 2030 yilgacha nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish va davlat ishtirokidagi korxonalarni 6 baravarga qisqartirish, davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish, ular tarkibidagi raqobat muhiti shakllangan sohalardagi korxonalar sonini kamaytirish hamda xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilangan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi tomonidan “Mamlakatimizda davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” yuzasidan eshituv o‘tkazildi.

Axborotda keltirilganidek, Prezidentimizning 2023 yil 24 martdagi va 2024 yil 19 apreldagi tegishli qarorlari hamda joriy yil 21 apreldagi farmoniga asosan 2 ming 731 ta davlat aktivlari ommaviy savdolarga chiqarilgan va tegishli tartibda sotish ishlari amalga oshirilgan.

Shu yilning o‘tgan davrida 6 ming 442 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilib, tegishli tartibda sotilgan. Shuningdek, 1 ming 714 gektar xizmat ko‘rsatish sohasidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan.

Muhokamalarda davlat aktivlarini ommaviy savdoga chiqarish, xususiy sektorga topshirish, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar taqdim etishdagi masalalarga ham e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, deputatlar tomonidan kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining xususiylashtirishdagi ishtirokini kengaytirish, xususiylashtirish jarayonlarining yanada shaffofligini ta’minlash bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

Muhtarama Komilova, O‘zA