FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbarining tegishli Farmonlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida Namangan viloyatining 12 nafar vakili ham bor.
Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”da mukofot sohiblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tantanali tadbirda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov mukofotga sazovor bo‘lgan viloyat vakillarining har biri erishgan yutuqlarga alohida-alohida to‘xtalib, el-yurt oldidagi mehnatlarini e’tirof etdi. Shundan so‘ng davlat mukofotlari – yuksak orden va medallar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
[gallery-25039]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA