Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan, Prezident farmoniga asosan, Sirdaryo viloyatida bir guruh hamyurtlarimiz Vatanimizning yuksak mukofotlari – orden va medallar bilan taqdirlanishdi.
Mukofotlarni topshirishdan oldin viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov so‘zga chiqib, amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natijalari, fuqarolik jamiyati va huquqiy-demokratik davlat barpo etish, milliy qadriyat va an’analarni keng targ‘ib qilish, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlar alohida e’tirof etilayotganini ta’kidladi.
[gallery-25134]
– Bu mukofotni nafaqat menga, balki fan va ta’lim sohasida xizmat qilayotgan barcha ilmiy va ma’naviy fidoyilarga berilgan deb bilaman, – dedi tadbirda so‘z olgan «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi, mumtoz adabiyotimiz bilimdoni, yetuk olim ustoz Vahob Rahmon.
Shuningdek, marosimda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan Guliston tumanidagi 2-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi Dilmurod Gulmurodov vatanni ulug‘lovchi o‘z termalaridan ijro etdi. Uning yoqimli ijrosi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri