O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarni Davlat avtivlarini boshqarish agentligi bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda:
davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish), shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining buyrug‘ini qabul qilish;
davlat ishtirokidagi korxonalarga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar), shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotish masalalarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishishning yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Nizom davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish), shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyrug‘ini qabul qilish;
davlat ishtirokidagi korxonalarga uchinchi shaxslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar), davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqa xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etish, davlat ishtirokidagi korxonalar yagona ta’sischi bo‘lgan korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish), davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk ob’ektlarini begonalashtirish masalalarini majburiy tartibda Agentlik bilan kelishish tartibini belgilaydi.
Qaror bilan ikki oy muddatda davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish (qayta tashkil etish), shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi yoki miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalarining tegishli buyrug‘ini elektron axborot almashinuvi yo‘li bilan Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali olish imkoniyati yaratiladi.
Qarorda davlat ishtirokidagi korxonalar va davlat muassasalarida davlat nomidan aksiyador (ishtirokchi, muassis) funksiyalarini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mazkur qaror talablariga qat’iy rioya qilinishi belgilangan.
Mazkur nizom davlat ulushining xususiylashtirilishi natijasida uning miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
O‘zA