O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Mazkur nizomda:
давлат muassasasining huquqiy maqomi;
davlat muassasasining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
davlat muassasasini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
davlat muassasasi filiallari va vakolatxonalarini tashkil etish tartibi;
davlat muassasasi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash tamoyillari;
davlat muassasasi faoliyatini nazorat qilish tartibi belgilab berilgan.
Nizom davlat muassasasining huquqiy maqomi, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, davlat muassasasini, uning filiallari va vakolatxonalarini tashkil etish hamda faoliyatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Qaror davlat muassasalari faoliyatida zamonaviy boshqaruv usullari, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini joriy etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
O‘zA