Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat maslahatchisi boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Marhamat tumanidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan tanishdi
18:50 / 2021-02-16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Andijon viloyatining Marhamat tumanida bo‘lib, islohotlar jarayoni, tumanda ma’naviy, ma’rifiy, yoshlar siyosati borasida olib borilayotgan ishlar bilan bevosita tanishdi.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Dilshodbek Kenjayev, Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkirbek Shukurov hamrohligida ishchi guruh a’zolari dastlab tumandagi Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabida bo‘lib, mazkur maskanda Marhamat tumani hokimi sovrini uchun o‘tkazilgan «Eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchi» kitobxonlik ko‘rik-tanlovining final bosqichi tadbirida ishtirok etdi. Tadbir qatnashchilari hamda kitobxon yoshlar bilan suhbatda bo‘ldi.

Shundan so‘ng, ishchi guruh Qovunchi mahallasida bo‘lib, mahalladagi bunyodkorlik ishlari, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.

[gallery-1179]

Mehmonlar O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning xonadoniga tashrif buyurib, uy-muzeyini tomosha qildi. Shundan so‘ng mahalladagi shoir o‘qigan 22-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bo‘lib o‘quv-tarbiya jarayonlari bilan tanishdi. Xususan, xalqimizning ardoqli shoiri o‘qigan sinfda o‘tkazilayotgan adabiyot fani to‘garagi mashg‘ulotida o‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkazildi, mazkur maktab o‘quvchilari bilimdon, yuksak ma’naviyatli, yurtimizga munosib xizmat qiladigan komil inson bo‘lib kamol topishlari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ishchi guruh Qoraqo‘rg‘on mahallasida joylashgan Madaniyat markazi hamda 8-maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mavjud shart-sharoitlar bilan tanishib, har ikki muassasa faoliyatini yanada samarali bo‘lishi yuzasidan tavsiya va takliflar berdi.

Ishchi guruh tomonidan tumanda ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlar, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar, shuningdek, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

F. UBAYDULLAEV, Z.UMRZOQOV (surat), O‘zA