Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat manfaatiga oid sud ishlarida prokuror ishtiroki belgilanmoqda
17:56 / 2024-06-10

“Sudlarda ishlar koʻrilishida prokuror vakolatini taʼminlash faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasiga koʻra, sudlarda davlat manfaatiga oid iqtisodiy va fuqarolik ishlarining koʻrilishida prokuror ishtirok etishi aniq belgilanmoqda.

Shuningdek, prokuror fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga davlat manfaatlarini himoya qilishga aloqador masalalar yuzasidan ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi belgilanyapti. 

Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yigʻilishida qizgʻin muhokama qilindi. 

Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi davlat manfaatlariga zarar yetkazilishining oldi olinishiga, sudlar tomonidan qonuniy qarorlar qabul qilinishiga erishishga va bu orqali odil sudlovning taʼminlanishiga, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish darajasini oshirishga xizmat qiladi. 

M.Komilova, O‘zA