Davlat manfaatiga 1 milliard so‘mdan ziyod zarar keltirilgan
Shu kunlarda “O‘zenergoinspeksiya” va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda respublikamiz miqyosida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida tashkil etilgan tadbir ulardan biri.
Unda aniqlanishicha, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro T.A. o‘ziga qarashli ohak ishlab chiqarish sexining 1 dona ohak xumdonida 18 ta nostandart gaz yondirgichlar orqali tabiiy gazdan o‘sha hududdan o‘tuvchi yer osti gaz quvuriga ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 1 milliarl 54 million so‘mni tashkil etgan.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA