Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy binoda
14:29 / 2025-10-02

Buxoro shahrida maktabgacha ta’lim tizimida salmoqli ishlar amalga oshirilishi natijasida bolajonlarning bog‘chalarga qamrov darajasi 107 foizni tashkil qilmoqda.

Bayram arafasida Buxoro shahrida ikkita maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Avvallari ta’mirtalab holatda bo‘lgan ushbu muassasalar bugun butkul yangicha, zamonaviy va qulay ko‘rinishga ega bo‘lib, bolalar uchun haqiqiy tarbiya va rivojlanish maskaniga aylandi.

Xususan, Alisher Navoiy mahallasida 150 o‘rinli 2-son maktabgacha ta’lim muassasasida byudjet mablag‘lari hisobidan 2 milliard so‘m evaziga “Qurilish Parvoz xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyat quruvchilari tomonidan mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu jarayonda bino fasadi, ichki muhandislik tarmoqlari, isitish tizimi, pol qoplamalari va boshqa zarur infratuzilma to‘liq yangilandi. 

Shuningdek, Razzoq Hamroyev mahallasida joylashgan 220 o‘rinli 47-DMTT ham bolajonlar uchun yana eshiklarini ochdi. “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida aholining faol ishtiroki hisobidan muassasa mukammal ta’mirlandi. 

Tantanali tadbirda shahar hokimi Qurbon Tursunov ishtirok etdi. Ustoz va murabbiylarni bayram bilan qutlab, yangi va zamonaviy ko‘rinish kasb etgan muassasaning yosh avlod ta’lim tarbiyasidagi o‘rni, ular uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida to‘xtaldi.  Mazkur ta’lim-tarbiya maskani 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ evaziga zamonaviylik kasb etdi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.