Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat korxonalarida transformatsiya: risklarni boshqarish va byudjetlashtirish
12:07 / 2024-06-03

Iqtisodiyot va moliya vazirligida o‘tkazilgan seminar shunday nomlandi.

Vazirlik, "UzAssets" aksiyadorlik jamiyati, xalqaro moliyaviy institutlar va auditorlik kompaniyalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan ushbu tadbirda davlat korxonalarida moliyaviy rejalashtirish va risklarni boshqarish sohasida xalqaro standartlarni integratsiya qilish zarurati xususida so‘z bordi.  

Unda "UzAssets" AJ tomonidan 22 ta davlat korxonasida risklarni boshqarish va ichki nazoratlar sohasida xalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek, samarali byudjetlashtirish usullari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.  

Osiyo taraqqiyot banki maslahatchisi Nitin Jain o‘z taqdimotida "COSO" va "Framework" asosiy tamoyillarining imtiyozli kreditlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni davlat korxonalariga jalb qilishdagi afzalliklarini aytib o‘tdi.  

Shuningdek, seminarda "Navoiyuran" davlat korxonasi misolida risklarni boshqarish va korxonalar investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.    

Shundan so‘ng davlat kompaniyalari faoliyatida turli risklarni boshqarish va byudjetlashtirish usullarini qo‘llash masalalari muhokama qilindi.  

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot davlat korxonalarida risklarni boshqarish va byudjetlashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.  

 

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA