Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat kadastrlari palatasi Nurobod tuman filiali mutaxassislari pora bilan ushlandi
22:33 / 2022-04-14

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi viloyat IIB hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xodimlari bilan hamkorlikda Nurobod tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida yer sotish jinoyati bilan bog‘liq jinoyatni fosh etish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida davlat kadastrlar palatasi Nurobod tuman filiali mutaxasislari – 1991 yilda tug‘ilgan B.A. va 1992 yilda tug‘ilgan F.X. mahalliy fuqaroga tuman hududidagi 1 gektar yer maydonining 6 sotix qismi uchun soxta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, undan 2 million so‘m miqdordagi pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA