French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolari 30 foizga yetkaziladi
14:07 / 2023-02-21

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshlig‘i Sharofiddin Ahmedov ishtirokida brifing tashkil etildi.

Qayd etilishicha, korxonalarni boshqarishda kuzatuv kengashi muhim ahamiyat kasb etadi. bugungi kunga qadar, kuzatuv kengashi tarkibiga asosan davlat organlari xodimlari kiritilgan. Shuningdek, endilikda davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolarni saylashda endi barcha aksiyadorlar ovoz berishi mumkin.  

Ta’kidlanishicha, hozirda davlat ishtirokidagi 57 ta korxonaning kuzatuv kengashi tarkibiga 86 nafar mustaqil a’zo kiritilgan. Kelgusida davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolari soni 30 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil a’zo kiritiladi.  

So‘nggi uch yil ichida jamiyat va uning affillangan shaxslarida auditorlik xizmatlarini ko‘rsatgan auditorlik tashkilotining xodimi,  ketma-ket 6 yil davomida jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lgan shaxslar, jamiyatning ustavi yoki boshqa hujjatlari bilan belgilangan talablarga mos kelmaydigan shaxslar uchun kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bo‘lishga qo‘shimcha ravishda cheklov o‘rnatilgan.  

Jamiyat ijroiya organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida uning aybi bilan jamiyatga yetkazilgan zarar bo‘yicha ijroiya organining subsidiar javobgarligi belgilangan.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA