English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi qanday tartibda amal qiladi?
14:04 / 2025-10-21

Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi majlisida “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Ma’lumki, “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonun Senatning o‘ninchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan qator takliflar bildirilgan holda rad qilingan edi.

Qonun senatorlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasi tuzilib, qayta ishlandi va Senatga qayta kiritildi.

Qonun bilan davlat ijtimoiy sug‘urtasining amal qilishi (majburiy yoki ixtiyoriy asosda), sug‘urta qildiruvchilar, sug‘urtalovchilar, sug‘urtalangan shaxslarda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha munosabatlar yuzaga kelishi, sug‘urta hodisalari turlari mustahkamlanmoqda.

Sug‘urtalangan shaxslar, sug‘urtalovchilar, sug‘urta qildiruvchilarning huquq va majburiyatlari, davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari manbalariga aniqlik kiritilmoqda.

Bundan tashqari, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash, amalga oshirish, to‘lovlarni tayinlash uchun murojaat qilish va hujjatlarni ko‘rib chiqish, to‘lovlarni to‘xtatib turish, qayta tiklash va tugatish mexanizmlari belgilanmoqda.

Qonun davlat ijtimoiy sug‘urtasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi.

Senatorlar, xalq deputatlari mahalliy kengashlarining tegishli doimiy komissiyasi a’zolari, vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan majlis yakunida qonunni yalpi majlis muhokamasiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

N.Abduraimova, O‘zA