Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va so‘z erkinligini ta’minlash, demokratik media makon yaratish bo‘yicha zarur choralar amalga oshirilmoqda.
Ommaviy axborot vositalarini “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylantirish, davlat idoralarining jamiyat oldidagi hisobdorligini oshirish borasida sezilarli natijalarga erishildi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqida alohida ta’kidladi.
– Bu boradagi eng muhim yutug‘imiz shuki – biz jamiyatimizda “yopiqlik muhiti”dan qutilib, Yangi O‘zbekiston poydevorini aynan erkinlik va adolat tamoyillari asosida barpo etmoqdamiz,– dedi Prezident. – Ko‘p yillar davomida mamlakatimiz turli “qora ro‘yxat”larga kiritilishi uchun sabab bo‘lgan majburiy, jumladan, bolalar mehnatiga to‘liq barham berildi. Buning e’tirofi sifatida yaqinda xalqaro “Cotton Campaign" koalitsiyasi hamda jahondagi mashhur brendlar tomonidan O‘zbekiston paxtasi va tekstil mahsulotlariga nisbatan ilgari o‘rnatilgan boykot bekor qilindi.
O‘zA