Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat idoralari binolarida umumiy quvvati 32,6 megavattli quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatildi
09:50 / 2022-12-30

Energetika vazirligi binosida 240 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur elektr stansiya orqali yiliga 432 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va natijada 144 ming metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.    

– Ahamiyatlisi, ushbu stansiya kunduz kuni vazirlik binosini elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlaydi. Shuningdek, elektr energiyasining ortgan qismini hududiy elektr ta’minoti korxonasiga uzatish imkoniyati ham yaratildi. Shuningdek, vazirlik binosining ko‘cha chiroqlari ham to‘liq quyosh panellari orqali yoritilmoqda. Joriy yil boshidan respublika bo‘ylab vazirlik, idora va mahalliy hokimlik bino-inshootlarida umumiy quvvati 32,6 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari va umumiy hajmi 472,8 ming litr bo‘lgan quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi, – dedi Energetika vazirligi matbuot xizmati bosh mutaxassisi Obidjon Dilmurodov.    

 

O‘zA