Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat hisobidan bo‘ladigan qurilishlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi
17:49 / 2021-12-02

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida qurilish sohasiga sarflangan har bir so‘m egasigacha to‘liq yetib borishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Shu bois, kelgusi yildan davlat hisobidan bo‘ladigan qurilishlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi.

Buning uchun Bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligida respublika shtabi va viloyat shtablari tuziladi. Ular qurilish narxlarini asossiz oshirish, raqobatni buzish, tasdiqlangan loyihalarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi.

O‘zA