Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat fuqarolik xizmatiga qanday yangi texnologiyalar joriy qilinmoqda?
11:34 / 2024-07-13

Big Data, BI, AI texnologiyalarini davlat fuqarolik xizmati sohasiga joriy etish orqali ma’lumotlarni yig‘ish, tayyorlash, samarali tahlil qilish kabi vazifalarni avtomatlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma’lumot berdi:   

–Davlat fuqarolik xizmatchilarining shaxsiy “my.argos.uz” kabineti takomillashtirildi. Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning o‘z shaxsiy rivojlanish rejasini shakllantirish va tahrirlash imkoni yaratildi.   

Agentlik mas’ul xodimi bilan kelishish, ushbu rejada belgilangan bandlarning ijrosi yuzasidan ma’lumotlar kiritish va uni monitoring qilib borish mumkin.   

Milliy kadrlar zaxirasi “zaxira.argos.uz” axborot tizimi ishlab chiqildi hamda ushbu tizimni Davlat fuqarolik xizmati sohasida inson resurslarini boshqarish “hrm.argos.uz” axborot tizimi bilan integratsiyalash ishlari amalga oshirildi.   

Unda inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari tomonidan “hrm.argos.uz” axborot tizimi orqali milliy kadrlar zaxirasi ro‘yxatiga kiritilishi uchun nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va Agentlik mas’ul xodimining “zaxira.argos.uz” tizimi orqali inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida nomzodlarni saralash imkoniyati mavjud.   

Davlat fuqarolik xizmati sohasida inson resurslarini boshqarish “hrm.argos.uz” axborot tizimida mas’ullar bilan buyruq loyihalarini kelishish imkoniyatlari joriy etildi. Ushbu axborot tizimi orqali ariza va buyruqlarni shakllantirish hamda “vacancy.argos.uz” portali bilan integratsiya jarayonlari yakunlandi.   

Shuningdek, “hrm.argos.uz” axborot tizimining hujjatlar bo‘limida konstruktor ko‘rinishidagi mehnat shartnomalari moduli ishlab chiqilib, unda mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimning ish jadvali, ish vaqti va kunlarini belgilash imkoni yaratildi.   

N.Abduraimova, O‘zA