English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat fuqarolik xizmatida mehnat munosabatlari
10:44 / 2023-05-11

Prezident tomonidan 2022 yilning 28 oktyabr kuni imzolangan "O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida" gi qonunga muvofiq, joriy yilning 1 may sanasidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi kuchga kirdi.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan uning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Unda viloyat adliya boshqarmasi, viloyat kasaba uyushmalari kengashi, boshqarma va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.  

Fuqarolik xizmatida mehnat munosabatlari muhim o‘rin tutadi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida bir qator o‘zgarishlar va qo‘shimchalar aks etgan. Seminarda ma’muriy islohotlar jarayonida yangi tahrirdagi Kodeksning kuchga kirishi bilan mehnat munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish, xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash kabilar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

[gallery-11834]

Yangi Mehnat kodeksida mehnat ta’tilining eng kam davomiyligi 21 kalendar kundan iborat bo‘ladi. Xodimlar bitta tashkilotda yoki sohadagi ish staji uchun qo‘shimcha ta’til kunlariga ega bo‘ladi. Xodimga ishlagan yillarining har bir 5 yili uchun 2, ammo bir ish yilida jami 8 kundan oshmagan, qo‘shimcha ta’til kuni taqdim etiladi. Shuningdek, ta’kidlash joizki, foydalanilmagan ta’til kuymaydi va xodim ish davrida yoki mehnat shartnomasini bekor qilishda foydalanilmagan barcha ta’tillar uchun pulli kompensatsiya olishi mumkin. Muhim o‘zgarishlardan biri muddatli mehnat shartnomalariga taalluqlidir. Amaldagi Mehnat kodeksida ularni tuzish uchun faqat uchta asos mavjud bo‘lsa, yangi kodeksda 18 ta asos belgilab qo‘yildi. Muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi lozim bo‘lgan asoslar va u tuzilishi mumkin bo‘lgan asoslar belgilandi. Bunday yondashuv, ish beruvchilarga xodimlarni yollashda ko‘proq imkoniyatlar yaratadi.  

Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘linmalari rahbarlari faoliyatida duch kelayotgan qator masalalar tahlil qilindi, amaliyotchi yurist S.Muxtoraliyev tomonidan maslahatlar berildi.  

M.Sulaymonov,  

M.Qodirov olgan surat