French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat fuqarolik xizmati xodimlari Yaponiyada o‘qishi mumkin
20:32 / 2025-10-24

Surxondaryo viloyati hokimligida Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi JICE hamkorligida inson resurslarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali va Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi JICE tashkil etgan tadbirda Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali mas’ul xodimlari, viloyat hokimligi boshqaruv apparati, tegishli boshqarma va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Seminarda keyingi yillarda mamlakatimizda davlat ijroiya organlarida inson resurslarini boshqarishga qaratilayotgan e’tibor davlat fuqarolik xizmatiga munosib kadrlarni tanlab olish va ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi. Kadrlarni tanlash, baholash va ulardan foydalanish, o‘qitish kabi yo‘nalishlarda xorij tajribalari o‘rganilayotgani ham qayd etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga Yaponiya hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha JDS grant dasturi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Tanlovda qatnashish shartlari va mezonlari, qabul jarayonlari haqida fikr almashdi. 

JDS – Yaponiya hukumati moliyalashtiradigan va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan amalga oshiriladigan stipendiya dasturi bo‘lib, grant sohiblari kun chiqar mamlakat yetakchi universitetlarining ikki yillik magistratura va uch yillik doktorantura yo‘nalishlarida ingliz tilida o‘qish uchun iqtidorli fuqarolik davlat xizmatchilari va boshqa kasb egalariga mo‘ljallangan. 

Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri